Sirdaryo viloyatida ham ommaviy sport tadbirlari oʼtkazilmoqda

Sirdaryo viloyati hokimligi va viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamkorligida pandemiya davrida jamiyatda sogʼlom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish, aholi keng qatlamlarini, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʼullanishga jalb etish, ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyatini targʼib etish borasida keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Sirdaryoning viloyatining Guliston, Yangier hamda Shirin shaharlarida “Sogʼlik uchun 5000 qadam” shiori ostida ommaviy yurish tadbirlari tashkil etildi.

Ushbu ommaviy tadbirlarda mazkur hududlarda istiqomad qiluvchi aholining barcha qatlami, keksalar va nuroniylar, ayollar va yoshlar belgilab berilgan masofani piyoda bosib oʼtishdi. Taʼkidlab oʼtish lozim ushbu tashkil etilgan ommaviy sport tadbirida 2000ga yaqin aholi jalb etildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati