Namangan viloyatida ommaviy badantarbiya mashg‘ulotlari tizimli yo‘lga qo‘yilmoqda
Jumladan, Namangan viloyati bo‘ylab jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlar hamda mahalliy aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishni tizimli yo‘lga qo‘yish, shuningdek, taʼlim muassasalari, tashkilot va korxonalar shuningdek, mahallalarda sport sohasini samarali tashkil etish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari va sport tadbirlari tashkil etilmoqda.
Bugun ham viloyat hududlarida yuzlab aholi vakillari bilan ertalabki ommaviy badantarbiya mashg‘ulotlari va ommaviy piyoda yurishlar tashkil etildi. Bu kabi tadbirlar muntazam tashkil etilishi bo‘yicha Namangan viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati