Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tadbirkorlar va investorlarni tizimda boʻsh turgan yer maydonlari va binolaridan foydalanishda hamkorlikka chorlaydi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Jismoniy tarbiya va sport vazirligi vazirlikka tegishli boʻlgan boʻsh turgan yer maydonlari va sport obyektlarini oʻsha hududda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish maqsadida tadbirkorlarga taklif qiladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha boʻsh turgan yer maydonlari va binolar boʻyicha toʻliq maʼlumotni tadbirkorlar vazirlik rasmiy sayti www.minsport.uz dan olishlari mumkin.

Hamkorlik boʻyicha takliflarni quyidagi (www.dxsh.minsport.uz) havola orqali talabnoma shaklida toʻldirib yuborishingiz mumkin.

Murojaat uchun: Yunusov Xurshid Rixsibayevich
Manzil: Toshkent shahri, A.Qodiriy koʻchasi, 2-uy
Telefon: +99871 239-24-56.