O'zbekistonda qilichbozlik sporti

 

O'zbekiston qilichbozlik sportining yuksalishi

                                           (1956-1990 yy.)

O'zbekiston qilichbozlik federatsiyasi mamlakatimiz tarixida ro'y bergan shonli hodisa, eng ulug' va eng aziz bayram Vatanimiz mustaqilligining 29-yilligini nishonlash arafasida, saytimiz sahifalari orqali O'zbekistonda qilichbozlik sportini rivojlanish bosqichlari va usbu sport turining jamiyatimizda sog'lom turmush tarzini tarkib toptitrish, jismonan etuk, jahon sport arenalarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir bo'lgan qilichboz sportchilar va sport faxriylari hayoti aks ettirilgan turkum ilmiy-ommabop hamda publististik materiallarni sizga taqdim etadi.

Umid qilamizki, O'zbekistonda qilichbozlik sportining yuksalisi davrlari haqidagi quidagi ma`lumotlar sizning bilimlaringizni yanada boyishiga xizmat qiladi.

1955-yilning yanvarida sobiq ittifoq xalqlarining I spartakiadasini 1956-yilda Moskvada o'tkazish haqida qaror qabul qilingan edi. Spartakiadani har 4 yilda muntazam o'tkazib borish haqidagi  qaror
1952-yili Xelsinki shahrida o'tkazilgan XVI Olimpiya o'yinlari tajribasiga asoslangan edi.

         1952-yil olimpiyadasidagi qatnashuv shuni tasdiqladiki, bunday katta tadbirda ishtirok etish kuchlilikni, mahoratni talab qiladi, chunki bu jahon miqyosidagi ko'rik bo'lib, unda faqat kuchlilar va katta tayyorgarlik ko'rganlargina qatnasha oladi.

         O'zbekiston qilichbozlarining sobiq ittifoq xalqlarining 9 ta spartakiadalaridagi chiqishlari haqidagi manbalar bilan tanishib, 1956-yilda to 1986-yilgacha bo'lgan davrda yuksalganligiga guvoh bo'lamiz.

         1956-1986-yillar oralig'ida bo'lib o'tgan 9 ta spartakiadada millionlab yigit-qizlar qatnashdi, jumladan, O'zbekistondan ham, Spartakiada o'yinlari o'quv yurtlari, turli tashkilotlar, fabrikalar, zavodlar, kolxoz va sovxozlarning sport jamoalari tuman, shahar, viloyat musobaqalaridan to respublika va nihoyat, final bosqichiga, ya`ni ittifoqdosh respublika va nihoyat, final bosqichiga, ya`ni ittofoqdosh respublikalar kuchlilarining Moskva va Leningrad shaharlaridagi o'yinlargacha yetib bordilar. Spartakiada qatnashchilari medal sohiblariga aylanishlari aniq edi.

         Sobiq ittifoq xalqlari spartikiadalarining 30yillik yakunlariga ko'ra, respublikamiz qilichbozlari qo'lga kiritgan yutuqlar salmog'i (ayol va erkak) 4 turdagi rapira chiqishlari, sablya va shpaga bo'yicha 14-o'rindan 6-o'ringa ko'tarildilar.

         O'zbekiston sportchilarining bu yutuqlari tasodif emas edi. Ular har biri o'tkazilgan spartakiada yakunlarini izchil o'rganib, o'zlariga kerakli xulosani chiqardilar.

         Agar birinchi spartakiadada bizning qilichbozlarimiz 14-o'rinni egallagan bo'lasalar, II da 13, III da 11, IV va V da 10, VI va V da 10, VI da 9-o'rinlarni egalladilar. Keyin esa birdan 3-o'ringa sakrash bo'lib, VII spartakiadada 6-o'rinni egallab, VIII spartakiadada 7-o'rindan pastga tushmay harakat qildilar.

         Shuni e`tiborga olish kerakki, O'zbekiston qilichbozlari spartakiada tarixida rapira bo'yicha 2-o'rinni egalladilar. Keyin esa birdan 3-o'ringa sakrash bo'lib, VII spartakiadada 6-o'rinni egallab, VIII spartakiadada 7-o'rindan pastga tushmay harakat qildilar.

         Shuni e`tiborga olish kerakki, O'zbekiston qilichbozlari spartakiada tarixida rapira bo'yicha 2-orinni egalladilar. Bular: S. Ro'ziyev, V.Lovgin, P.Jeleznyov, V.Prokopenko.

         Qilichbozlik bo'yicha qo'lga kiritilgan eng katta yutuqlar Sobirjon Sobitovich Ro'ziyev bilan bog'liqdir. 1953-yilda tug'ilgan Kseniya Arkadyevna Tadjiyeva rahbarligida S.Ro'ziyev 1965-yildan beri qilichbozlik sporti bilan shug'ullangan.

         K.A.Tadjiyeva Leningrad jismoniy tarbiya va sport institutini tugatgan, O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sport instutini tugatgan, O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sport institutini tugatgan, O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sport instituti huzuridagi qilichbozlik bo'limiga rahbarlik qilgan.

         S.Ro'ziyev dunyoda rapira bo'yicha eng kuchli sportchi bo'lib,
3 marotaba (jamoaviy) jahon birinchiligining oltin medali, 2 marotaba Jahon kubogi va bir qanca (shaxsiy) Xalqaro musobaqalar g'olibi bo'lgan.

         S.Ro'ziyev Moskva shahridagi olimpiada o'yinlarida (jamoaviy)kumush medaliga sazovor bo'lgan.

         Unga ''Sobiq ittifoqda xizmat ko'rsatgan sport ustasi'' fahriy unvoni berilgan. Uning ishini Vitaliy Logvin davom ettirdi.

         Vitaliy Logvin 1982-yilda Italiya shahrida bo'lib o'tgan Jahon chempionatida (jamoaviy) oltin medalga sazovor bo'lgan. U harbiy sportchilar orasida shaxsiy birinchilikda 2 karra Jahon chempioni bo'lgan.

         Shuningdek Vitaliy Logvin qilichbozlik sporti bo'yicha ''Sobiq ittifoqda xizmati korsatgan sport ustasi'' fahrli unvonga sazovor bo'lgan. U harbiy sportchilar orasida shaxsiy birinchilikda 2 karra Jahon chemioni bo'lgan.

Sportchilarimizning IX Spartakiadadagi qatnashuvi alohida e'tiborga loyiq.

Sportchilarimiz umumiy hisob bo'yicha 1-rapiralik musobaqada 6-o'rinni egalladilar. O'zbekistonning qilichbozlar jamoasi birinchi marotaba, spartakaida g'olibi bo'ldilar. Bular:

         Kazakov Dmitriy, Sizov Valeriy, Vasilyev Nikolay, Abdiqulov Baxit, Vasilyev Eduardlar oltin medal sohibi bo'ldilar. Ma'lumki, spartakida startlarida 17 ta sport jamoalari qatnashdi: 15 ta ittifoqidosh respublikalardan, 2 tasi Moskvva va Leningrad shaharlaridan.

         1956-1986-yil spartakidalaridagi respublikamiz sportchilarining qatnashuv natijalarini o'rganar ekanmiz, ulardagi an`anaviy mahoratning zinama-zina, ya`ni I dan IX spartakiadagacha o'sib borganlgining guvohi bo'lamiz. 14-o'rindan 6-o'ringacha chiqish bu fikrimizni tasdiqlaydi. Bu yutuq faqatgina rapirachilarniki emas, balki shpagachilar, sablyachilarning va 8-o'rin olgan rapirachilarning yutug'idir.

         Spartakiada o'yinlarining o'ziga xos jihati shundaki, so'nggi  musobaqalarda nafaqat sportchilar, balki ularning murabbiylari ham bor edi, ularning orasida sportchilar, balki ularning murabbiylari ham bor edi, ularning orasida sportchilarni tayyorlashda keng tajriba almashib borildi, bu esa ularning professional mahoratini oshirishning ajoyib usuli bo'ldi. Bu muayyan darajada O'zbekistonning ajoyib murabbiylari, shu jumladan, barcha qilichbozlarning mahoratini takomillashtirishga yordam berdi.

         Ular orasida sobiq ittifoqining xizmat-ko'rsatgan murabbiysi Mirkin Iosif Borisovich, O'zbekiston Respublikasining birinchi xizmat ko'rsatgan murabbiysi Yasenko Dmitriy Denisovich, O'zbekiston Respublikasining xizmati ko'rsatgan murabbiylari Ganson Vladimir Aleksandrovich, Nikolayevich, Sidikov Maxmud Ishanovich, Beryozkina Raisa Ivanovna va boshqalar bor edilar.

         Xulosa qilib shuni ayta olamizki, 1956-1986-yillarda o'zbek sporti rivojlandi, mustahkamlandi va gulladi. Lekin eng muhimi, bu sport musobaqalari asosida o'tkazilgan xalqlar spartakaidalaridir.

M.Yakubova

Manba: G.B.Abdurasulova, N.A.Fetisova, A.U.Ibragimov.

Qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati,-T.:<Fan va texnalogiya>,2018.