O'zbekistonda qilichbozlik sporti

Qilichbozlik - sport yakkakurashishning turi
va jismoniy tarbiya vositasi sifatida

Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ilgari surilgan jismoniy tarbiya va sport sohasini yanada jadal rivojlantitrish borasidagi tashabbuslari hamda qator vazifalarni tizimli amalga oshirish ishlariga so'ngi yillarda alohida e’tibor berilayotgani bois, bugun sport sohasida samarali natijalar bo'y ko'rsatmoqda.

Hozirgi murakkab vaziyatda har qachongidan ham ko'proq o'sib kelayotgan yosh avlodni jismonan sog'lom, intellektual salohiyatli, har tomonlama etuk, oqilona qarorlarni mustaqil qabul qila oladigan va haqiqiy Vatanparvar etib tarbiyalash uchun jamiyatimiz a`zolarining barchasi mas`uldir. Albatta, buning uchun, avvalo tarbiya vositalaridan biri bo'lgan jismoniy madaniyat hamda sport turlari imkoniyatlaridan kengroq va ko'proq foydalanish yoshlar ongida eng yuksak insoniy fazilatlarni shakllanishiga zamin yaratadi.

O'zbekiston qilichbozlik federatsiyasi mamlakatimiz tarixida ro'y bergan shonli hodisa, eng ulug' bayram Vatanimiz mustaqilligini nishonlash arafasida, saytimiz sahifalari orqali O'zbekistonda qilichbozlik sportini rivojlanish bosqichlari va usbu sport turining jamiyatimizda sog'lom turmush tarzini tarkib toptitrish, jismonan etuk, jahon sport arenalarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir bo'lgan qilichboz sportchi va sport faxriylari hayoti aks ettirilgan, shu bilan bir qatorda qilichbozlik sportining nazariyasi va amaliyotiga bag'ishlangan turkum ilmiy-ommabop hamda publististik materiallarni sizga taqdim etib borishni maqsadga muvofiq deb topdi.

Bugun e`tiboringizga havola etilayotgan "Qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati" fani o'quv-qo'llanmasidan olingan "Qilichbozlik - sport yakkakurashishning turi va jismoniy tarbiya vositasi sifatida" mavzusi nazariy bilimlaringizni boyitadi degan umiddamiz.

Фехтование - вид спорта для богов)) - loFencingLoSoGood

Qilichbozlik – sportning yakkakurashishlar turi sifatida tavsiflanishiga ko'ra qilichbozlik bo'yicha musobaqalar ishtirokchilarining shaxsiga qo'yiladigan talablarga, ularning faoliyat shartlariga xos bo'lgan sovuq qurol imitatori (yani sovuq qurolga o'xshash qilib yasalgan ashyo)  bilan sport jangini olib borish tizimi tashkil etadi.

Shu bilan birga gilichbozlik - tezkor-kuch sifatlariga, tayanch-harakat apparatining tayyorgarligini nisbatan talablari yuqori bo'lgan sport turi hisoblanadi. Ixtisoslashtirilgan harakatlar va malakalarni bo'lajak holatlarga bog'liq holda fazoviy va momentli farqlari bo'yicha ularni transformatsiya qilishning katta xilma-xilligi ko'rsatilgan. Maxsus chidamlikka, psixik sifatlarning (diqqatni, xotira va tafakkurni, harakat reaksiyalarini) namoyon qilinishiga va vaqtning chegaralanganligi sharoitida samarali taktik niyatlarni tanlashga yuqori talablar qo'yildi.

Maxsus axborotni o'zlashtirish sportchilarda qilichbozlikning texnikasi va taktikasiga, harakat va psixik sifatlarni ixtisoslashtirishga ongli va faol munosabatlani shakllantirish imkonini beradi.

       Qilichbozlikning tarixi - sovuq qurolni o'zlashtirish tizimi, olimpiya dasturidagi sport turi sifatida. Sportchilarda qilichbozlik to'g'risidagi tasavvurni sovuq qurolni  o'zlashtirish tizimi, harbiy-jismoniy tayyorgarlik va tarbiya sifatida tarixan yuzaga kelgan holda shakllantiruvchi ma`lumotlar dolzarb xarakterga ega. Sobiq ittifoqdagi birinchi rasmiy musobaqalar va chempionatlar, xalqaro uchrashuvlar to'g'risidagi ma`lumotlar sportchilarning dunyo qarashini ancha darajada kengaytiradi. Bolalar sport maktablari, musobaqalarning birinchi qoidalari, sport qilichbozlikning bo'yicha qo'llanmalar va darslikning to'g'risidagi ma`lumotlar muhim xarakterga ega.

Shug'ullanuvchilar yurtimiz qilichbozlarini xalqaro arenaga chiqishlari, olimpiya o'yinlaridagi va jahon chempionatlaridagi ishtiroklari bilan  bog'liq bo'lgan barcha ma'lumotlarni bilishlari kerak. Bunga, dongdor qilichbozlar, jahon va olimpiya o'yinlari chempionatlari, eng yaxshi trenerlar, eng yorqin g'alabalar to'g'risidagi axborot ham kiradi. Terma jamoalarning an`analari, qilichbozlik sportini turli mamlakatlarda tarqalish xususiyatlari bilan tanishish mustaqil ahamiyatga ega.

         Qilichbozlik tarixi bo'yicha bo'limdan olingan ma`lumotlar, sportchilarga uni shakillantirilishi jarayonini  baholashda  oriyentirlanish, borliqni yaxshiroq tushunish va sport qilichbozligini jamoatchilik va foydali faoliyat turi hamda zamonaviy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida rivojlanishi yo'nalishlarini oldindan ko'ra bilish imkonini beradi.

     Qilichbozlik bilan shug'ullanish va sportchi shaxsini shakllantirish. Pedagogik samara uchun axloqiy ideallarni, qilichbozlik taktikasining intellektual tarkibiy qismi darajasiga talabalarni anglash zarur.

Qilichbozning harakat ko'nikmalari, mashg'ulot tajribasi va texnik-taktik tayyorgarligi o'rtasida o'zaro bog'liqlikning mavjudligi to'g'risida tasavvurlarni sportchida shakllantirish ham samaralidir.

     Qilichbozlikning maxsus mashg'ulotidagi nazariy tayyorgarlik texnik-taktik va psixologik tayyorgarlikni oshirishni rag'batlantiradi. Shu bilan birga, mashg'ulot maqsadlaridagi ierarxiyada shaxsni maqsadga yo'naltirilgan tarbiyalashga ustuvorlik beriladi. Bunda, maqsadli ko'rsatma, sportchida olingan bilimlarni kundalik mehnat va jamoqtchilik faoliyatida, mashg'ulotlarda va musobaqalarda qo'llash malakasini shakllantirishni belgilaydi.                                                                                                                                                                                                                                                                                                 

M.Yakubova

Manba: G.B.Abdurasulova, N.A.Fetisova, A.U.Ibragimov.

Qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati,-T.:<Fan va texnalogiya>,2018.