20-avgustdan boshlab Oʻzbekistonda sport zallari, fitnes klub va basseynlar ish faoliyati tiklanadi

Bugun, 12-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyat boʻyicha videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 20-avgustidan boshlab, mamlakatimiz boʻylab sport zallari, fitnes klub va basseynlar oʻz ish faoliyatini qaytadan yoʻlga qoʻyadi.
Yigʻilishda Respublika maxsus komissiyasiga har bir faoliyat turi boʻyicha qanday sanitariya talablariga amal qilish zarurligini aniq belgilash vazifasi qoʻyildi. Epidemiologik vaziyat yaxshi boʻlgan davlatlardan kelgan shaxslarni karantiniga olish va undan chiqarish tartibini yengillashtirish, pnevmoniyadan tuzalgan aholini reabilitatsiya qilish markazlarini tashkil etish boʻyicha topshiriq berildi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati