Oʻzbek futboli fidoyisi Shamil Yafarov 70 yoshga toʻldi

Bugun oʻzbek futboli fidoyisi, xalq jamoasi boʻlmish “Paxtakor”dagi ajoyib oʻyinlari bilan futbol ixlosmandlari qalbidan joy egallagan Shamil Yafarov 70 yoshga toʻldi.

Shamil Yafarov 1950-yil 25-iyulda dunyoga kelgan. Qahramonimiz 1973-yili “Paxtakor” jamoasiga taklif qilingan. Sobiq Ittifoq chempionatida “Paxtakor” safida munosib tarzda toʻp surgan va asosan himoya va yarim himoyada besh mavsum muvaffaqiyatli harakat qilgan.

Qolaversa, Shamil Gazizovich koʻp yillar davomida Toshkent viloyati futbol assotsiatsiyasida faoliyat olib borgan va futbolimizdagi barcha jarayonlarda faol ishtirok etgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamoasi Yafarov Shamil Gazizovichni yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yosh avlodni har jihatdan sogʻlom va barkamol qilib oʻstirish yoʻlidagi xizmatlarini yuksak qadrlaydi va bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etadi!

Yana bir bora bugungi tavallud ayyomingiz bilan muborakbod etamiz Shamil aka!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati