Rasman: Isroil Madrimov chempionlik kamari uchun jang qiladi

Oldinroq, Isroil Madrimovning charter reys orqali Nyu-Yorkka joʻnab ketgani va tez kunlarda jang oʻtkazishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Jang oʻtkazilishi aniq sanasi va unda bokschimizga kim raqiblik qilishi maʼlum qilindi. “Matchroom” kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan jangda yengilmas Madrimov 37 yoshli Erik Uokerga qarshi ringga chiqadi.

Biz uchun eʼtiborlisi, Isroilning ushbu janggi 12 raunddan iborat boʻlib, vaqtinchalik WBA chempionlik kamari uchun kechadi.

Shuningdek, ushbu jang kechasida yana bir isteʼdodli bokschimiz Shaxram Gʻiyosov ham ringga koʻtariladi. U navbatdagi jangini shu kuni oʻziga tegishli boʻlgan WBA International kamarini himoya qilish uchun Fransisko Roxoga qarshi oʻtkazadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati