Rossiyaning “xalq jamoasi” oʻzbek futbolchisi uchun qancha mablagʻ taklif qilayotganini bilasizmi?

Bir qator rus nashrlarida Moskvaning "Spartak" klubi “Ufa” tarkibida harakat qilayotgan oʻzbek oʻgʻloni Oston Oʻrunovni oʻz safiga qoʻshib olishni xohlayotgani haqida xabarlar chiqqan edi.

Rossiyada “xalq jamoasi” sifatida eʼtirof etiladigan "Spartak" boshqirdistonliklarga oʻzbek futbolchisi uchun 4 mln yevro oʻtkazib bermoqchi. Faqat mablagʻ ikkiga boʻlingan holda toʻlanadi. Moskvaliklar hozirning oʻzida 2 mln yevro toʻlaydi. Qolgan 2 mln yevro 2 yil ichida toʻlab beriladi.

Eslatib oʻtamiz, Oston Oʻrunov “Ufa” safiga joriy yilning avvalida Toshkentning “Lokomotiv” klubidan borib qoʻshilgan edi.

19 yoshli futbolchi Boshqirdiston klubi safida 10 ta oʻyinda maydonga tushdi. Futbolchimiz yangi klubi safida samarali harakatlarni amalga oshira olmagan boʻlsada, tezkor driblinglari evaziga bir necha marotaba RPL bahslarida eng yaxshi futbolchi sifatida tan olindi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati