Isroil Madrimov ham keyingi oyda jang oʻtkazishi mumkin

Professional boksda magʻlubiyatsiz odimlayotgan ikki bokschimiz Isroil Madrimov va Shahram Gʻiyosov bir kechada ringga koʻtarilishi mumkin.

Xabaringiz bor, joriy yilning 15-avgust kuni Amerika Qoʻshma Shtatlarida Matchroom kompaniyasi tomonidan navbatdagi jang kechasi tashkil etiladi.

Ushbu kechaning asosiy jangida Xulio Sezar Martines va Uilliams Arroyolar ringga koʻtarilishi kerak edi. Ammo Martinesda tomoq yoʻli infeksiyasi borligi sabab jang bekor qilindi. Asosiy jangda ringga chiqish uchun hamyurtlarimiz Isroil Madrimov va Erik Ualkerlar oʻzaro muzokara olib borayotganliklari haqida habar berildi.

Tashkilot bilan kelishilgan holda jang ushbu vaznda vaqtinchalik WBA jahon chempionlik kamari uchun boʻlishi yoki oddiy 10 roundlik reyting jangi boʻlishi mumkin.

37 yoshli Erik Ualker (20-2, 9KO) oxirgi 3 ta jangida ketma-ket gʻalaba qozongan. Oxirgi magʻlubiyatini esa 2018-yilda Brandon Adamsdan qabul qilib olgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati