Shohboz Umarov yangi jamoasida tanishtirildi
Oldinroq, Belarus chempionatining “Energetik-BGU” jamoasida toʼp surayotgan Shohboz Umarovga mamlakatning nomdor klublaridan biri BАTE qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergan edik.
Kecha, 17 iyul kuni 21 yoshli oʼzbekistonlik futbolchi va BАTE klubi oʼrtasida toʼlaqonli shartnoma imzolandi.
Maʼlumot uchun, “Energetik-BGU” klubi safida joriy mavsumning avvalida ikki oʼzbekistonlik futbolchi harakat qilayotgan edi. Ularning biri Jasur Yaxshiboev Belarusning boshqa bir klubi “Shaxtyor” safiga borib qoʼshilgan boʼlsa, Shohboz Umarov BАTE jamoasini tanladi.
Eslatib oʼtamiz, Shahboz Umarov Belorus chempionatida 17 ta oʼyinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. Gollarning birini chamasi 35 metrlar masofadan jarima toʼpidan aynan BАTE darvozasiga yoʼllagan edi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati