Ilmiy tadqiqotchilar munosib taqdirlanishdi

Bugun Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida bir necha yillik mehnatlari samarasi sifatida universitetning 6 nafar ilmiy tadqiqotchilariga pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajasi diplomlari topshirildi.
Bular quyidagilar:
Mirzanov Sherzod Sirliboyevich – Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor;
Ishtayev Dilshod Ravshanbekovich – Universitet sirtqi boʻlim boshligʻi;
Xudoyberdiyeva Nodira Abduyakubovna – Sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi oʻqituvchisi;
Ummatov Akrom Axmedovich – Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi katta oʻqituvchisi;
Tojiyev Muzaffar Akbarovich – Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi oʻqituvchisi;
Adilov Sarvar Qaxramonovich – Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi oʻqituvchisi.
Universitet rektori M.Boltaboyev diplomlarni topshirar ekan sizlarning jismoniy tarbiya va sport sohasida qilgan izchil va mashaqqatli izlanishlaringiz hukumatimiz tomonidan yuqori baholanib, sizlarga shunday ilmiy daraja berilgani bilan tabriklayman - deya taʼkidlab oʻtdi.
Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajasi berilgan mutaxassislarga bundan keyin ham ilm-fan yoʻlida oʻz shijoatlarini sustlashtirmasdan, jismoniy tarbiya va sportni yangi qirralarini chuqur oʻrganib, talabalarga bilimlar berish, xalqimizni ommaviy sportga jalb qilgan holda ularning salomatligini saqlashdek ezgu ishlarida muvaffaqiyat tilaymiz.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati