Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internatiga qabul jarayonlari boshlanmoqda

2020-2021 oʻquv yili uchun Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internatiga hujjatlarni qabul qilish jarayoni joriy yilning 15-iyulidan 15-avgustiga qadar boʻlib oʻtadi. Hujjatlarni qabul qilish jarayonida pandemiya davrini hisobga olgan holda karantin qoidalariga toʻliq rioya etish maqsadida hujjat topshiruvchi yoshlar (sportchilar), oʻzlari yashayotgan tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻlimlarida tashkil etilgan qabul komissiyasiga hujjatlar jamlanmasini yuqorida koʻrsatilgan vaqt davomida topshirishlari shart.
2020-2021 oʻquv yilida mazkur sport taʼlim muassasasiga sportning boks, dzyudo, yengil atletika, ogʻir atletika, badiiy gimnastika, voleybol, suzish, erkin kurash, yunon-rum kurashi, qilichbozlik, taekvondo WTF, karate WKF, futbol va kurash turlari boʻyicha jami 14 ta sport turiga qabul kvotalari mavjud. Mazkur sport taʼlim muassasasiga oʻquvchilar 7-sinfdan boshlab qabul qilinadi.
Shuningdek, Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internatiga yaqin hududda istiqomat qiluvchi yoshlar bevosita mazkur maktab internatida tashkil etilgan qabul komissiyasiga borib ham oʻz hujjatlarini topshirishlari mumkin.
Qabul jarayonida quyidagi hujjatlar jamlanmasi talab etiladi:
1. Oʻquvchining ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan olimpiya zaxiralari kolleji direktori nomiga ariza;
2. Tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi (guvohnomaning asli qabul komissiyasiga shaxsan koʻrsatiladi), takroran berilgan hollarda tuman (shahar) fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) organining tasdiqlovchi maʼlumotnomasi;
3. Tibbiy maʼlumotnomalar (F-026u shakldagi maktab tibbiy anketasi, F-063u shakldagi profilaktik emlash kartasi, F-086u shakldagi tibbiy maʼlumotnoma);
4. Umumtaʼlim maktabining 6-sinfini tamomlaganlik toʻgʻrisida baholar tabeli;
5. 3,5 x 4,5 hajmdagi 8 ta rangli fotosurat;
6. Musobaqa diplomi (agar mavjud boʻlsa);
7. Sport razryadini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi hamda sport razryadni tasdiqlanganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma (agar mavjud boʻlsa).
8. Oʻquvchining ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga qabul komissiyasi tomonidan hujjatlarni qabul qilib olganlik toʻgʻrisida tilxat beriladi.
Eslatma: Sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston chempionati va kubogi gʻolib va sovrindorlari, Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari aʼzoligiga hamda ularning zaxirasiga kirgan sportchilar mazkur dargoh oʻquvchilari safiga imtihonlarsiz imtiyozli ravishda qabul qilinadilar.
Shu bilan birga tuman (shahar)larda hujjatlarni qabul qiluvchi jismoniy tarbiya va sport boʻlimlari bilan quyidagi maʼlumotlar asosida bogʻlanishingiz mumkin.
1. Qarshi shahar jismoniy tarbiya va sport boʻlimi.
Boʻlim boshligʻi: Avazov Otabek Raximberdiyevich
Manzil: Qarshi shahri, Mustaqillik shah koʻchasi, 13-uy. (Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internati binosida)
Telefon raqamlari: (90) 716-40-30
E-mail: qarshi_sh@umail.uz
2. Gʻuzor tuman jismoniy tarbiya va sport boʻlimi.
Boʻlim boshligʻi: Abdurasulov Ural Abdirashidovich
Manzil: Gʻuzor tuman, Mustaqillik shox koʻchasi. Tuman bolalar-oʻsmirlar sport maktabi binosida.
Telefon raqamlari: (91) 946-40-50
E-mail: guzor_t@umail.uz
3. Dehqonobod tuman jismoniy tarbiya va sport boʻlimi.
Boʻlim boshligʻi: Yusupov Ixtiyor Baxtiyorovich
Manzil: Dehqonobod tuman Qorashina shaharchasi Bobur koʻchasi, 1-uy. Tuman bolalar-oʻsmirlar sport maktabi binosida.
Telefon raqamlari: (93) 699-93-33
E-mail: dehqonobod_t@umail.uz
4. Kasbi tuman jismoniy tarbiya va sport boʻlimi.
Boʻlim boshligʻi: Almasov Xusniddin Sattorovich
Manzil: Kasbi tuman Xoʻja Kasbi qishlogʻi, A.Navoiy koʻchasi 5-uy. Tuman bolalar-oʻsmirlar sport maktabi binosida.
Telefon raqamlari: (91) 215-11-13
E-mail: kasbi_t@umail.uz
5. Nishon tuman jismoniy tarbiya va sport boʻlimi.
Boʻlim boshligʻi: Xusanov Axmedjon Roʻziqulovich
Manzil: Nishon tuman Yangi Nishon shahri Oʻzbekiston koʻchasi 6-uy. Tuman bolalar-oʻsmirlar sport maktabi binosida.
Telefon raqamlari: (95) 505-55-29
E-mail: nishon_t@umail.uz
6. Qamashi tuman jismoniy tarbiya va sport boʻlimi.
Boʻlim boshligʻi: Sharipov Ulugʻbek Keldiyarovich
Manzil: Qamashi tuman Chim QFY Oʻrta chim qishlogʻi. Tuman bolalar-oʻsmirlar sport maktabi binosida.
Telefon raqamlari: (94) 339-85-41
E-mail: qamashi_t@umail.uz
7. Chiroqchi tuman jismoniy tarbiya va sport boʻlimi.
Boʻlim boshligʻi: Rizaqulov Ixtiyor Dusmurodovich
Manzil: Chiroqchi tuman Humo MFY Ittifok maxallasi 1-uy. Tuman 1-sonli bolalar-oʻsmirlar sport maktabi binosida.
Telefon raqamlari: (90) 616-34-01
E-mail: chiroqchi_t@umail.uz
8. Yakkabogʻ tuman jismoniy tarbiya va sport boʻlimi.
Boʻlim boshligʻi: Boymurodov Dilshod Ashirovich
Manzil: Yakkabogʻ tuman A.Temur koʻchasi 2-uy. Tuman 1-sonli bolalar-oʻsmirlar sport maktabi binosida.
Telefon raqamlari: (91) 958-36-73
E-mail: yakkabog.t@umail.uz
9. Kitob tuman jismoniy tarbiya va sport boʻlimi.
Boʻlim boshligʻi: Qobilov Azizjon Qaxxorovich
Manzil: Kitob tuman Mustaqillik MFY Istiqlol koʻchasi 3-uy. Tuman bolalar-oʻsmirlar sport maktabi binosida.
Telefon raqamlari: (97) 291-57-87
E-mail: kitob_t@umail.uz
10. Mirishkor tuman jismoniy tarbiya va sport boʻlimi.
Boʻlim boshligʻi: Yangiyev Bahriddin Pinnayevich
Manzil: Mirishkor tuman Yangi Mirishkor shaharchasi, Chamanzor MFY. Tuman bolalar-oʻsmirlar sport maktabi binosida.
Telefon raqamlari: (97) 519-73-16
E-mail: mirishkor_t@umail.uz
11. Shahrisabz tuman jismoniy tarbiya va sport boʻlimi.
Boʻlim boshligʻi: Jumanova Yorqinoy Tohirovna
Manzil: Shahrisabz tuman Chorshanbe qoʻrgʻoni Chorshanbe MFY. Tuman bolalar-oʻsmirlar sport maktabi binosida.
Telefon raqamlari: (91) 166-35-24
12. Shahrisabz shahar jismoniy tarbiya va sport boʻlimi.
Boʻlim boshligʻi: Amanov Xusniddin Xasanovich
Manzil: Shahrisabz shahar Kamolot MFY Ipak yoʻli koʻchasi 122-uy. Shahar bolalar-oʻsmirlar sport maktabi binosida.
Telefon raqamlari: (97) 319-20-02
E-mail: shahrisabz_sh@umail.uz
13. Koson tuman jismoniy tarbiya va sport boʻlimi.
Boʻlim boshligʻi: Xaybarov Abdumalik
Manzil: Koson tuman Oʻrta Obron MFY Mustaqillik shoh koʻchasi 19-uy. Tuman bolalar-oʻsmirlar sport maktabi binosida.
Telefon raqamlari: (91) 961-30-70
E-mail: koson_t@umail.uz
14. Qarshi tuman jismoniy tarbiya va sport boʻlimi.
Boʻlim boshligʻi: Safarov Anvar Shuhratovich
Manzil: Qarshi tuman Amir Temur shoh koʻchasi 6-uy. Tuman bolalar-oʻsmirlar sport maktabi binosida.
Telefon raqamlari: (99) 386-66-96
E-mail: qarshi_t@umail.uz
15. Muborak tuman jismoniy tarbiya va sport boʻlimi.
Boʻlim boshligʻi: Toshev Farxod Axmadovich
Manzil: Muborak tuman, Zanjirsaroy shoh koʻchasi, Tong MFY binosida.
Telefon raqamlari: (90) 729-99-85
E-mail: muborak_t@umail.uz.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati