Sport taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari masofaviy mashgʻulotlarni davom ettirmoqda

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga koʻra karantin choralari 1-avgustga qadar uzaytirilganligidan xabaringiz bor. Shu sababli Jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrugʻiga binoan, barcha sport taʼlim muassasalari masofaviy ishlash tizimiga oʻtkazilgan.
Yurtimizdagi barcha sport taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari karantin qoidalariga rioya qilgan holda uy sharoitida sport mashgʻulotlarini davom ettirishmoqda. Shuningdek, sportchilar har kuni murabbiylar bilan masofaviy muloqotda boʻlib, sogʻliqlari boʻyicha maʼlumot berib bormoqda.
Sport bilan shugʻullanish yoki har kuni juda boʻlmaganda yarim soat jismoniy mashqlarni bajarish va faol boʻlish, turli kasalliklarga nisbatan immunitet hosil qiladi, qon aylanish jarayonini tezlashtiradi, ruhan mustahkamlikka erishishga yordam beradi, tanada ortiqcha yogʻlar hosil boʻlishi, demakki semirishning oldini oladi. Bu esa hozirgi paytda juda ham muhimdir.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati