Superliganing 9-turida karvonboshilikka daʼvogarlar toʻqnashuvi

Bugun, 12-iyul Oʻzbekiston Superligasining 9-tur oʻyinlariga start beriladi.
Tur doirasida bugun 2 ta uchrashuv oʻtkazilishi belgilangan. Bugungi bahslarni “Andijon” va “Surxon” klublarining vodiydagi toʻqnashuvi ochib beradi. Kunning ikkinchi bahsida Bekobodda “Metallurg” “Soʻgʻdiyona” bilan oʻzaro hisob-kitob qiladi.
Turning 13-iyul kungi bahslarining dastlabkisiga Namangan shahri mezbonlik qiladi. Unda “Navbahor” Navoiyning “Qizilqum” jamoasi bilan kuch sinashadi. Keyingi bahsda chempionlik uchun asosiy daʼvogarlar bellashadi. Jadvalda 1-oʻrinda borayotgan poytaxtning “Paxtakor” klubi Toshkentda 2-oʻrinni egallab turgan AGMKni qabul qiladi.
14-iyul sanasiga 3 ta bahs oʻtkazilishi belgilangan. Ketma-ket oʻyinlarni oʻz maydonida oʻtkazayotgan “Lokomotiv” bu turda “Mashʼal”ni mehmon qiladi. Shuningdek, “Qoʻqon-1912” – “Nasaf” hamda “Buxoro” –“Bunyodkor” uchrashuvlari ham oxirgi kunda oʻtkazilib, 9-turga yakun yasaladi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati