UWW byuro aʼzoligi uchun saylovda oʻzbekistonlik nomzod ham bor
Birlashgan kurash dunyosi (UWW) tashkilot byuro aʼzoligiga daʼvogarlar oʻrtasida saylov oʻtkazishini maʼlum qildi.
Ovoz berish 6-sentyabr kuniga rejalashtirilgan. Saylov oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatidan avval boʻlib oʻtadi. UWW byuro aʼzoligiga 6 oʻrin ajratilgan.
Ayni paytda byuro vakillaridan 5 nafari qayta saylanish uchun oʻz nomzodini qoʻygan boʻlib, ular orasida hamyurtimiz, Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi oʻrinbosari, UWW vitse-prezidenti Axroljon Roʻziyevni ham uchratish mumkin.
Yangi muddatga daʼvogarlik qilayotgan vakillar:
– Marina Di Bussolo Pellikone (Italiya)
– Pedro Gama Filyo (Braziliya)
– Mixail Mamiashvili (Rossiya)
– Fuad Meskut (Marokash)
– Axroljon Roʻziyev (Oʻzbekiston)
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati