OFK 2020-yil yakuniga qadar oʻtkaziladigan rasmiy musobaqalar taqvimini eʼlon qildi

Osiyo futbol konfederatsiyasi milliy terma jamoa va klublar miqyosidagi 2020-yilgi musobaqalarning yakuniy taqvimini eʼlon qildi.
Osiyo klublari oʻrtasidagi eng nufuzli musobaqalardan biri Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichi 14-sentyabrdan boshlab davom ettiriladi.
Osiyo Chempionlar Ligasi (Gʻarb mintaqasi):
14-24-sentyabr | guruh bosqichi
26-27-sentyabr | 1/8 final
30-sentyabr | chorak final
3-oktyabr | yarim final
5-dekabr | final
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston mezbonlik qiladigan yoshlar oʻrtasidagi U-19 Osiyo chempionati 14-oktyabrdan 31-oktyabrga qadar oʻtkaziladi. U-16 Osiyo chempionati esa 25-noyabrdan 12-dekabrga qadar Bahrayn davlatida tashkil etiladi.
Shuningdek, OFK futzal boʻyicha oʻtkaziladigan musobaqalarning ham rasmiy sanalarini maʼlum qildi. Unga koʻra, Futzal boʻyicha Osiyo chempionati 4-15-noyabr kunlari Turkmaniston davlatida boʻlib oʻtadi.
Futzal boʻyicha klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati esa 2-13-dekabr kunlari BAA davlatida tashkil etiladi.
Tashkilot rasmiy saytining maʼlum qilishicha, yuqorida eʼlon qilingan sanalar mintaqadagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda oʻzgartirilishi mumkin.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati