Namanganda iqtidorli yosh futbolchilar saralanmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5887-sonli farmoni xamda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 680-sonli buyrugʻiga muvofiq Namangan viloyat futbol mahorat maktabiga 2020-2021 oʻquv yili uchun iqtidorli yosh futbolchilarni qabul qilish boʻyicha seleksiya ishlari davom ettirilmoqda.
Namangan viloyat futbol mahorat maktabi va Namangan viloyat futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorligida viloyatning “yashil” toifadagi tumanlarida iqtidorli futbolchilarni tanlab olish ishlari olib borilyapti.
Jumladan, shu kunlarda Chortoq va Mingbuloq tumanlarida 200ga yaqin yosh bolalar oʻrtasida tanlov eʼlon qilinib, musobaqa tashkil etildi va shu asosda bir qator yosh iqtidorlar saralab olindi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati