Bugun Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy davlat ramzlaridan biri – gerb qabul qilingan kun

Davlat gerbi 1992-yil 2-iyulda “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi qonun hamda Oliy Kengashning qarori bilan qabul qilindi.

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining bir guruh rassomlari va grafik ustalari tomonidan yaratilgan gerb – mamlakatimizning davlat ramzi sifatida rasmiy hujjatlarda oʻz ifodasini topgan.

Mamlakatimiz milliy terma jamoasi sportchilarining rasmiy formalarida ham gerb tasviri muhrlangan. Ular nufuzli xalqaro musobaqalarda gʻalaba qozonganlarida milliy ramzimiz Davlat bayrogʻi koʻtarilsa, ularning koʻksidagi Davlat gerbi tasviri esa yurtimiz nomi va sharafini yana-da ulugʻlaydi.

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga 28 yil toʻldi. Shu munosabat bilan barcha yurtdoshlarimizni muborakbod etamiz. Mamlakatimiz mustaqilligi abadiy boʻlsin!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati