Qashqadaryoda “Yoshlar kubogi” musobaqalari keng miqyosda tashkil etildi

Yoshlar kuni munosabati bilan Jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrugʻi asosida mamlakatimizning “yashil” hududlarida yoshlar oʻrtasida sport tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Jumladan, Qashqadaryo viloyatining Yakkabogʻ, Gʻuzor, Koson, Nishon tumanlari va Shahrisabz shahrida stol tennisi, mini futbol, voleybol, badminton sport turlari boʻyicha yoshlar oʻrtasida ommaviy sport musobaqalari tashkil etildi.

Musobaqalardan oldin karantin talablariga muvofiq, sport inshootlari toʻliq dezinfeksiya qilinib, gigiyenik vositalar bilan taʼminlandi.

Viloyat boʻyicha mingdan ortiq yoshlarni qamrab olgan “Yoshlar kubogi” musobaqalari yakunida gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati