Xorazmning “yashil” hududlarida sport musobaqalari oʻtkazildi

Xorazm viloyatining “yashil” toifasiga mansub hududi boʻlmish Xiva shahar bolalar-oʻsmirlar sport maktabida 26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuniga bagʻishlab ogʻir atletika boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi. Unda 30 nafar oʻsmir hamda 9 nafar qiz ishtirok etdi.

Musobaqa oldidan viloyat ichki ishlar xodimlari va Milliy gvardiya xizmatchilari tashabbusi bilan oʻtkazilgan uchrashuvda atletlarga narkotik moddalarni suiisteʼmol qilishning halokatli oqibatlari haqida gapirib berildi.

Ishtiroklar orasida Respublika va Osiyo chempionatlarining gʻolib va sovrindorlari borligi bellashuvlarning yana-da qiziqarli oʻtishiga sabab boʻldi. Quyidagi videolavhada ushbu musobaqa haqida soʻz yuritiladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati