Ishchi guruh oʻz faoliyatini Uchqoʻrgʻon tumanida davom ettirmoqda

Jismoniy tarbiya va sport vazirligining maxsus ishchi guruhi oʻz faoliyatini ayni damda Uchqoʻrgʻon tumanida jismoniy tarbiya va sportning ommalashuvi yoʻlida olib borilayotgan ishlar samaradorligi bilan tanishmoqda.

Jumladan, tumandagi Bolalar-oʻsmirlar sport maktabining moddiy-texnika bazasi, axborot-kommunikatsiyalari texnologiyalarini joriy etish holati oʻrganilmoqda. Bu borada ayni damdagi holatni yana-da yaxshilash borasida vazirlik tomonidan sport tashkilotlariga koʻmak koʻrsatilayapti.

Maʼlumot uchun, tumanda 167 ming aholi istiqomat qilayotgan boʻlib, ularning 32 mingdan ziyodrogʻi doimiy ravishda sport bilan qamrab olingan.

Uchqoʻrgʻon tumani erkin kurash, gandbol, chim ustida hokkey sport turlariga ixtisoslashtirilgan boʻlib, hududda 1008 nafar sportchi yoshlar shugʻullanayotgan Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi faoliyat koʻrsatmoqda.

BOʻSMda 10 ta sport turi boʻyicha 38 nafar trenerlar yoshlar bilan mashgʻulotlar olib bormoqda. Erkin kurash boʻyicha BOʻSM tarbiyalanuvchilari Osiyo va jahon chempionatlarida, shuningdek, xalqaro musobaqalarda sovrindorlar safidan joy olishgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati