Uychi tumanida ommaviy sportni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ishchi guruhi bugun Uychi tumani 1-sonli Bolalar-oʻsmirlar sport maktabining holati va tumanda sportning rivoji yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
1074 nafar yoshlarning sport bilan band boʻlishini taʼminlab beruvchi ushbu maskanda 13 ta sport turi boʻyicha 42 nafar trenerlar yoshlarga saboq berishmoqda.
BOʻSM qoshida Oʻzbekiston Pro ligasida ishtirok etuvchi “Paxtakor-79” jamoasi uchun baza shakllantirilgan. Futbol boʻyicha nafar yoshlar ushbu BOʻSMda mashgʻulotlar oʻtkazmoqda.
Uychi tumani erkin kurash, voleybol, basketbol va badminton sport turlariga ixtisoslashtirilgan boʻlib, tuman aholisiga jami 215 ta sport inshooti xizmat koʻrsatadi. 19 mingga yaqin aholi doimiy ravishda sport turlari boʻyicha shugʻullanib kelishmoqda.
Ishchi guruh tomonidan tumandagi sport inshootlarining moddiy texnika bazasini yana-da yaxshilash, ularning trenerlar bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish, iqtidorli yosh sportchilarni tarbiyalash va ularni milliy terma jamoa aʼzolari darajasiga koʻtarish yuzasidan aniq taklif va koʻrsatmalar berildi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati