Bir nechta xalqaro musobaqalar gʻolibasiga avtomobil sovgʻa qilindi

Bugun, 19-iyun kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining anjumanlar zalida Toshkent shahar hokimining bitiruvchi maktab oʻquvchilar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda 2020-yilda Olmazor tumanidagi 278-maktabni oltin medal bilan bitirgan, sportning Taekvondo ITF turi boʻyicha 2 karra xalqaro musobaqa gʻolibi, 2 karra Osiyo chempioni, I DAN qora belbogʻ sohibi, sport ustaligiga nomzod Mushtariy Razzoqova erishgan yutuqlarini hisobga olib, Toshkent shahar hokimligi tomonidan Chevrolet Spark avtomobili bilan taqdirlandi.
Oʻylaymizki “Yoshlar oyligi”da poytaxt yoshlariga kutilmagan sovgʻalar albatta ularning kelgusidagi hayot yoʻlida bundan ham yuqori natijalarga erishishiga turtki boʻladi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati