Shoshiling, “Yilning eng faol sport targʻibotchisi” Respublika ijodiy tanlovi yakunlanishiga oz qoldi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida amalga oshirilayotgan keng islohotlar, sport tadbirlari va musobaqalar, xalqaro arenalarda Oʻzbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan sportchilar va ularning ustozlari, sport taʼlim muassasalari va inshootlari faoliyatini faol yoritib kelayotgan ommavmy axborot vositalari xodimlari hamda blogerlar oʻrtasida “Yilning eng faol sport targʻibotchisi” Respublika ijodiy tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovga OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda 2019-yil 1-iyundan 2020-yil 31-mayga qadar eʼlon qilingan ijodiy ishlar qabul qilinadi.

Tanlov yakunida gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi hamda ular diplom va quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-oʻrin sohibiga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida;
2-oʻrin sohibiga bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida;
3-oʻrin sohibiga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida.

Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy materiallar 2020-yil 20-iyunga qadar quyidagi manzilga yuborilishi lozim:

Toshkent shahri, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 2-uy. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati.
Murojaat uchun telefon: (71) 239-24-37, (99) 482-52-12
Elektron manzil: info@minsport.uz

Eslatib oʻtamiz, tanlov gʻolib va sovrindorlari 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot xodimlari kuni arafasida taqdirlanadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati