Diyetolog maslahati: quritilgan mevalar koni foyda, ammo...
Koʻplab odamlar odatda shirinliklar oʻrniga quritilgan mevalarni afzal koʻrishadi, chunki quritilgan mevalar oʻz tarkibida yangi yoki muzlatilgan mevalarda boʻlgani kabi bir xil ozuqalarni saqlab qoladi.

Darhaqiqat, quritilgan mevalar tarkibida vitaminlar va minerallar yangi uzilgan, sarxil yoki muzlatilgan mevalarga qaraganda koʻproq saqlanib qoladi. Ammo, masalan, vazn yoʻqotish uchun parhez sifatida quritilgan mevalar tavsiya qilinmaydi. Chunki ularning tarkibida yangi mahsulotlarga nisbatan koʻproq shakar va kaloriyalar mavjud. Soʻzimizni tasdigʻi sifatida quyidagi misollarni keltiramiz:
100 gramm uzum – 70 kkal quvvat bersa, 100 gramm mayizda bu 280 kkal.ni tashkil qiladi.
100 gramm oʻrik – 50 kkal, 100 gramm quritilgan oʻrik – 200-250 kkal;
100 gramm olxoʻri – 60 kkal, 100 gramm olxoʻri qoqi – 250 kkal.
Shunday ekan, quritilgan mevalardan foyda olishni istasangiz, ularni kuniga 40-50 grammdan koʻproq isteʼmol qilmang.
Quritilgan mevalarning sogʻligimiz uchun foydali ekanligi ularning miqdori emas, balki sifati bilan bogʻliqdir.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati
