Yakkabogʻ tumanida zamonaviy yopiq suv sporti inshooti bunyod etilmoqda
Shu boisdan, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruh vakillari joylarda yosh sportchilarning mashgʻulotlar jarayonlariga qaytishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va sport taʼlim muassasalarining bugungi holati bilan yaqindan tanishib chiqmoqda.
Jumladan, ishchi guruh vakillari bugun, 11-iyun kuni Qashqadaryo viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi Yakkabogʻ tumani 1-sonli bolalar-oʻsmirlar sport maktabida boʻlishdi.
Mazkur bolalar-oʻsmirlar sport maktabida hozirgi vaqtda sportning sambo, kurash, voleybol, taekvondo VTF, dzyudo, boks, futbol, yengil atletika, qoʻl toʻpi, jiu-jitsu, badiiy gimnastika, stol tennisi singari 12 ta turlarida jami 23 nafar malakali trenerlar faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa, shundan 3 nafarini ayol trenerlar tashkil qiladi.
Qashqadaryo viloyati boʻyicha “yashil” hudud toifasiga kiritilgan Yakkabogʻ tumanida sport seksiyalari, toʻgaraklari, sport zallari va fitnes-klublar faoliyati ham karantin qoidalari talablari asosida yoʻlga qoʻyilmoqda.
Shu bilan birga sport maktabida 56 ta sport guruhlari tashkil etilgan boʻlib, ularda jami 1 130 nafar (shundan 184 nafarini qizlar tashkil etadi) yoshlar muntazam ravishda shugʻullanib kelishmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi PF-5924-sonli Farmoni bilan Yakkabogʻ tumani dzyudo, sambo, ot sporti sport turlariga ixtisoslashtirilgan boʻlib, hududda ushbu sport turlarini rivojlantirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.
Shu kunlarda tumanda va BOʻSMda suv sporti turlarini rivojlantirish maqsadida bunyod etilayotgan yopiq suv sporti inshooti binosi qurib bitkazilish arafasida turibdi.
Zamonaviy shart-sharoitlarga ega boʻladigan ushbu suzish havzasi ishga tushirilgach, har kuni mingdan ziyod suv sportiga qiziquvchi yoshlarni muntazam mashgʻulotlar olib borishi uchun sharoit yaratiladi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati