Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun xalqaro hamkorlik kengaymoqda

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti pandemiya sharoitida ham xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirmoqda.

Jumladan, Rossiya Federatsiyasining Ural davlat jismoniy tarbiya universiteti bilan olib borilgan onlayn muzokaralar natijasida hamkorlik kelishuviga erishildi. Hamkorlik doirasida mamlakatlarimiz oʻrtasida jismoniy tarbiya va sport taʼlim sohasida aloqalarni yana-da kengaytirish, talabalar almashinuvi, proffessor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish hamda ilmiy amaliy konferensiyalar tashkil etishga kelishib olindi.

Maʼlumot uchun taʼkidlash joiz Ural davlat jismoniy tarbiya universiteti Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk shahrida joylashgan boʻlib, 1970-yilda asos solingan. Rasman 2005-yilda universitet maqomi berilgan. Hozirgi kunga qadar universitetdan 30 nafardan ortiq olimpiya chempionlari va sovrindorlari yetishib chiqqan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati