“Sardobaliklar – biz siz bilan!” yoxud “1 – iyun xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”
Sardoba suv ombori toʻgʻonining bir qismi oʻpirilishi natijasida oʻz uy-joyidan ayrilgan aholining bir qismi tumandagi 6 – 21 sonli umumtaʼlim maktablariga hamda 1 – 3 sonli maktabgacha taʼlim muassasalari shuningdek, Sayxunobod tumanidagi “Jajji bilagʻon” maktabgacha taʼlim muassasasiga evakuatsiya qilingan.
Mazkur binolarga joylashtirilgan fuqarolar va ularning farzandlarini boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Sirdaryo viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan bir qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, “1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan mazkur binolarga joylashtirilgan aholi farzandlari oʻrtasida “Quvnoq startlar” sport musobaqasi va shaxmat, shashka va stol tennisi boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi. Taʼkidlash joiz mazkur oʻtkazilgan musobaqalar karantin qoidalariga toʻliq rioya qilgan holda boʻlib oʻtdi.
Musobaqalarda gʻolib boʻlgan sportchi yoshlar tashkilotchilar tomonidan qimmat baho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati