Aks-sado: “Sogʻlom turmush” medalining taʼsis etilishiga sportchilarning munosabati qanday?
- Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasi vakillari uchun navbatdagi medal – “Sogʻlom turmush” medali taʼsis etilganligi yurtimizda sport sohasiga, sogʻlom turmush tarzini kuchaytirishga eʼtibor oshib borayotganidan dalolatdir.
Shu kungacha yuqori natijalarga erishgan oʻzbekistonlik sportchi va murabbiylar uchun turli medallar, davlat mukofotlari taʼsis etilgandi. Ushbu yangi taʼsis etilgan medalda “front ortida” turib mehnat qilayotgan soha vakillarining eʼtirof etilishi ham tahsinga loyiq. Medal bilan mukofotlanishi mumkin boʻlganlar roʻyxatini koʻrar ekanman, u yerda sogʻliqni saqlash sohasi xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, bolalar va oʻsmirlar sport maktablari mutaxassislarini ham koʻrib, xursand boʻldim. Chunki, biz erishayotgan yutuqlar zamirida yuqorida sanab oʻtilgan soha vakillarining ham hissasi katta. Ishonamanki, ayni paytda ushbu medalga munosib yurtdoshlarimiz oramizda yetarlicha topiladi. Bu mukofot sport sohasi vakillariga qoʻshimcha kuch bagʻishlaydi va ularni yangi gʻalabalar sari ruhlantiradi, - dedi Bobousmon Baturov.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati