Sardobadagi texnogen falokatdan jabr koʻrgan aholi oʻrtasida musobaqalar oʻtkazilmoqda

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan Sardoba fojiasi tufayli evakuatsiya qilingan aholining ruhiyatini koʻtarish va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish maqsadida bir nechta sport turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazilmoqda.

Jumladan, texnogen falokat natijasida koʻchirilgan Sardoba, Oqoltin hamda Mirzaobod tumanlari aholisining boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, ularni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish hamda 1-iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan aholi va bolalar oʻrtasida stol tennisi va voleybol boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi.

Shuningdek, yoshlar oʻrtasida “Quvnoq startlar” sport musobaqalari ham tashkil etildi. Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlar mutasaddilar tomonidan maxsus sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati