Bilib qoʻygan yaxshi: Sportchilar trimetazidin vositasini nega qoʻllashi mumkin emas?

Doping — organizmning ruhiy va jismoniy faoliyatini qisqa muddat kuchaytiradigan moddalar hisoblanadi. Maʼlumki, sportda doping moddalaridan foydalanish qatʼiyan taʼqiqlanadi. Ammo, bir paytlar doping moddalaridan sport oʻyinlari natijalarini yaxshilash maqsadida foydalanilgan.
Sportchilar orasida doping moddalaridan zaharlanish va oʻlim holatlari kuzatilganligi uchun Xalqaro olimpiya qoʻmitasi 1967-yildan sport oʻyinlari chogʻida doping qabul qilishni man etgan va qatʼiy nazorat oʻrnatgan. Qatʼiy qonun qoidalarga koʻra, hozirda doping ishlatgan sportchilar musobaqalardan hatto bir necha yilga chetlashtiriladi.
Hozir etiboringizga sportda mutlaqo taqiqlangan moddalardan yana biri trimetazidin haqida maʼlumot berib oʻtamiz.
Qoʻllash uchun koʻrsatmalar: Stenokardiya va bosh aylanishda foydalaniladi. WADA Taqiqlangan roʻyxatining gormonlar va metabolizm modulyatorlari sinfida 2014-yildan beri joy olgan. Bu moddalar sportda mutlaqo taqiqlangan hisoblanadi.
“Trimetazidin”ning analoglari koʻp, ulardan keng tarqalganlari – “Antisten Triduktan MV”, “Deprenorm”, “Karmetadin Trimektal”, “Karditrim Trimed” va “Preduktal” kabilar hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati