Ishchi guruh Jalaquduq tumanida sportning rivoji yoʻlida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi

Oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitatsiyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakat sportchilarining xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini taʼminlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ishchi guruhi tomonidan Andijon viloyati Jalaquduq tumanida joylashgan Bolalar-oʻsmirlar sport maktabining moddiy-texnika bazasi holati, internet bilan jihozlanganligi va tezkor axborot almashuv tizimining faoliyati oʻrganilib, bu borada ayni damdagi holatni yana-da yaxshilash borasida vazirlik tomonidan sport maktabiga koʻmak koʻrsatildi.
Shuningdek, BOʻSMning kadrlari salohiyati va trenerlarga boʻlgan ehtiyoji hamda uni bartaraf etish boʻyicha maqsadli qabul boʻyicha takliflari oʻrganib chiqildi.
Bundan tashqari, tumanning sport turlariga ixtisoslashuvi, moddiy texnik bazasining holatini yana-da rivojlantirish, sport inventarlari soni va bugungi holati, terma jamoa aʼzolarini shakllantirish masalalari boʻyicha ishchi guruh tuman masʼullariga yaqindan koʻmak koʻrsatildi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati