Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi yoshlarni kasbga yoʻnaltirish boʻyicha ish oʻrganishga taklif etadi

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, maʼnaviy yetuk va jismonan sogʻlom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Bugungi kunda har bir davlat tashkilotlari yoshlarning keng qatlamlariga daxldor boʻlgan dolzarb masalalar, ayniqsa, uyushmagan yoshlarning hayotda oʻz oʻrnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, kasbga yoʻnaltirish va bandligini taʼminlash borasida aniq chora-tadbirlar asosida ish olib bormoqda.

Jumladan, Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish, yigit-qizlarning hayotda oʻz oʻrnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, jismoniy tarbiya va sportga yoʻnaltirish va bandligini taʼminlash maqsadida tuman (shahar)larda yashovchi 16 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlarni volontyorlik asosida ish oʻrganishga taklif etadi.

Ish oʻrganish davrida oʻz qobiliyatlarini namoyon etgan yigit-qizlar doimiy yashash joylari va diplom mutaxassisliklari boʻyicha ish bilan taʼminlanadi.

Qoʻshimcha maʼlumotlarni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin: 

+998 97 719-15-15
+998 70 764-64-17.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati