Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi ommabop sovrinli tanlov oʻtkazmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusi doirasida hamda 1-iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan 2020-yil 22-maydan 30-mayga qadar “Biz sport bilan koronavirusni yengamiz” shiori ostida, rasmlar koʻrik tanlovi boʻlib oʻtadi.
Koʻrik tanlov shartlari:
1. “Biz sport bilan koronavirusni yengamiz” mavzusida rasm chizing
2. Chizgan rasmingizni telefoningiz orqali suratga oling
3. Suratga olingan rasmni Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining @SPORTBILANYENGAMIZ telegram manziliga yuboring
Eslatma:
Chizilgan rasmlarning yuqori qismida “Biz sport bilan Korona virusni yengamiz“ mavzusi, quyi qismida esa muallifning ism, sharifi, yashash manzili va telefon raqami yozilgan bolishi lozim.
Koʻrik tanlov ishtirokchilari tomonidan kelgan rasmlar maxsus hakamlar tomonidan koʻrib chiqilib, baholanadi va yuqori natijalarni qoʻlga kiritgan ishtirokchilar Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati