Saida Mahmudova “Sardoba fojiasi”dan jabr chekkan aholi farzandlariga master-klass oʻtdi va sovgʻalar ulashdi

Guliston ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari maktab-internatida stol tennisi boʻyicha tashkil etilgan mahorat saboqlarini oʻzbek stol tennisining faxri Saida Mahmudova olib bodi va master-klass natijasida sardobalik yoshlar qalbida ushbu sport turiga mehr uygʻondi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Mahalliy aholining qiziqishini inobatga olgan holda tashkilotchilar shu yerning oʻzida doʻstona musobaqa tashkil qildi. Unda qatnashgan xotin-qizlar hamda yoshlarning qalbi quvonchga toʻldi.
Uchtepa tumani 1-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabi murabbiylari tomonidan oʻgʻil bolalar oʻrtasida boks boʻyicha mahorat saboqlari va musobaqa oʻtkazildi. Tadbir soʻngida har bir ishtirokchi tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.
Shuningdek, Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi hamda Uchtepa tumani 1-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabi mutasaddilari tomonidan Guliston IOZMIda istiqomat qilayotgan yoshlarga kerakli oziq-ovqat, shaxsiy gigiyena vositalari, turli mavzulardagi kitoblar hamda sport jihozlari tarqatildi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati