Qoʻrgʻontepa tumanida sportga qanday eʼtibor berilmoqda?

Jismoniy tarbiya va sport vazirligining maxsus ishchi guruhi aʼzolari Qoʻrgʻontepa tumanini ham oʻrganishdi.
Qoʻrgʻontepa tumanidagi 1–sonli bolalar-oʻsmirlar sport maktabida ayni vaqtda 1243 nafar yoshlarga 52 nafar trener saboq berib kelmoqda. Shundan 16 nafari oliy maʼlumotli, 13 nafari tugallanmagan oliy, qolganlar esa oʻrta-maxsus maʼlumotga ega mutaxassislardir. Oliy maʼlumotga ega boʻlmagan trenerlarni bosqichma-bosqich oʻqitish va oliy maʼlumotga ega boʻlgan murabbiylar sonini oshirish boʻyicha ham topshiriq berildi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-martdagi 122-sonli qaroriga muvofiq Qoʻrgʻontepa tumani sportning gandbol, yengil atletika va boks turlariga ixtisoslashtirilishi belgilab qoʻyilgan. Undan tashqari sport maktabida voleybol, tennis, erkin kurash sport turlariga ham katta eʼtibor qaratilgan va ushbu sport turlari ham jadallik bilan rivojlanmoqda. Shuningdek, sport maktabida 400 ga yaqin sportchilar gandbol bilan muntazam shugʻullanib kelishmoqda.
Qolaversa, maxsus ishchi guruh aʼzolari 1–sonli bolalar-oʻsmirlar sport maktabiga qarashli sport inshootlarini ham koʻzdan kechirishdi. Oʻrganishlar natijasiga koʻra sport maktabiga kerakli boʻlgan sport inventarlari hamda boshqa kerakli mahsulotlar bilan taʼminlashda amaliy yordam berishlarini taʼkidlab oʻtishdi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligining maxsus ishchi guruhi Andijondagi faoliyatini davom ettirmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati