Andijon viloyatidagi foydalanilmayotgan sport inshootlari xususiy sherikchilik asosida mahalliy tadbirkorlarga berilаdi

Xabaringiz bor, shu kunlarda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ishchi guruhi Andijon viloyatida sportni yana-da rivojlantirish borasida viloyatdagi masʼullar bilan birgalikda amaliy faoliyat koʻrsatmoqda.

Ayni paytda ishchi guruh tomonidan hududlardagi sport maktablari va sport taʼlim muassasalarining boʻsh yer maydonlari, sport inshootlari va ulardan maqsadli foydalanish rejasi boʻyicha tadbirkorlar tomonidan kiritilayotgan takliflar ham oʻrganilmoqda.

Jumladan, bugun ishchi guruh vakillari tomonidan Qoʻrgʻontepa tumani 1-bolalar-oʻsmirlar sport maktabiga qarashli foydalanilmayotgan yopiq suzish havzasini xususiy sherikchilik asosida mahalliy tadbirkorga berish boʻyicha suhbat oʻtkazildi. 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati