Vazirlik ishchi guruhi Buloqboshi tumanini oʻrgandi

Bugun vazirlikning maxsus ishchi guruhi Andijondagi oʻz faoliyatini davom ettirib, Buloqboshi, Jalaquduq, Asaka, Marhamat va Andijon tumanlaridagi holatlarni oʻrganmoqda.
Mazkur tumanlardagi sport maktablari holati koʻzdan kechirilmoqda. Oʻrganishlar samarasi oʻlaroq Buloqboshi tumanidagi bolalar-oʻsmirlar sport maktabi sportchilariga yaratib berilgan imkoniyatlar, sport taʼlim muassasasining bugungi ahvoli, zamon talablariga mosligi, hamda sport maktabining yutuq va kamchiliklari oʻrganildi.
Mazkur tumandagi sport maktablari va sport taʼlim muassasalarining kadrlar salohiyati va trenerlarga boʻlgan ehtiyoji hamda uni bartaraf etish boʻyicha maqsadli qabul boʻyicha takliflari oʻrganildi.
Qolaversa, ushbu tumanning sport turlariga ixtisoslashuvi, moddiy texnik bazasini yana-da rivojlantirish, sport inventarlari soni va bugungi holati, terma jamoa aʼzolarini shakllantirish masalalari boʻyicha ishchi guruh aʼzolari tuman masʼullariga topshiriqlar berdi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati