Vazirlikning Andijondagi maxsus ishchi guruhi ikkinchi kundagi faoliyatini boshladi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligining maxsus ishchi guruhi Andijondagi faoliyatini davom ettirgan holda, bugun ham tuman va shaharlardagi holatlarni oʻrganish uchun erta tongdan yoʻlga otlandi.

Maxsus ishchi guruhning asosiy maqsadi, viloyatdagi sport taʼlim muassasalarining bugungi ahvoli, zamon talablariga mosligi, sportchi yoshlarga yaratib berilgan imkoniyatlar hamda sport taʼlim muassasalarining yutuq va kamchiliklarini oʻrganishdan iborat.

Oʻrganishlar davomida Buloqboshi tumanidagi bolalar-oʻsmirlar sport maktabi ham oʻrganildi. Sport maktabi koʻzdan kechirildi va mutasaddilar bilan suhbat oʻtkazildi. Suhbat davomida sport maktablari va sport taʼlim muassasalarining kadrlari salohiyati va trenerlarga boʻlgan ehtiyoji hamda uni bartaraf etish boʻyicha maqsadli qabul boʻyicha takliflari oʻrganildi.

Shuningdek, sport maktabining boʻsh yer maydonlari va ulardan maqsadli foydalanish rejasi boʻyicha tadbirkorlar tomonidan kiritilayotgan takliflar ham koʻrib chiqilib, ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha tadbirkorlar bilan suhbatlar oʻtkazildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligining maxsus ishchi guruhi Andijondagi faoliyatini davom ettirmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati