Xonobodda qurilayotgan yengil atletikaga ixtisoslashgan yangi sport majmuasi qachon foydalanishga topshiriladi?

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi maxsus ishchi guruhi Аndijon viloyati Xonobod shahrini oʼrganishda davom etmoqda.
Bugungi kunda Xonobod shahar bolalar-oʼsmirlar sport maktabida 24 nafar trener faoliyat olib bormoqda. Shundan atigi bir nafari oliy maʼlumotli, 4 nafari tugallanmagan oliy maʼlumotli boʼlsa, qolgan trenerlar oʼrta-maxsus maʼlumotga ega. Sport maktabida 13 ta sport turi boʼyicha toʼgaraklarda jami 950 nafar sportchi muntazam shugʼullanib kelishadi. Eʼtiborlisi, shundan 150 nafari boks toʼgaragi aʼzolaridir.
Oʼrganishlar natijasida maxsus ishchi guruh Xonobod shahrida jismoniy tarbiya va sportga qaratilayotgan eʼtibor u qadar yuqori emasligini aniqladi hamda mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Maʼlumot oʼrnida aytish kerak, 2021 yilda Xonobod shahrida yangi yengil atletika sport turiga ixtisoslashtirilgan sport majmuasi foydalanishga topshiriladi.
Yana bir gap: oʼrganishlar natijasiga koʼra Аndijon viloyatida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish dasturi ishlab chiqiladi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati