Toshkent viloyati hokimi “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi
Shuningdek, Toshkent viloyatida ommaviy sport targʻiboti, uning jismoniy va maʼnaviy barkamollikning asosi ekanini targʻib qilish, iqtidorli sportchilarni saralab olish borasidagi mehnati, malakali kadrlarni tayyorlashdagi jonbozligi uchun ham Rustam Qurbonnazarovich yuksak mukofotga loyiq koʻrildi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 332-sonli qaroriga muvofiq “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni taʼsis etilgan boʻlib, koʻkrak nishoni bilan Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo oʻyinlari hamda jahon, Osiyo chempionatlarida va boshqa nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan, Vatanimiz bayrogʻini baland koʻtarib kelayotgan sportchilarning trenerlari, jamiyatimizda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, aholi, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, jismoniy tarbiya va sportni yana-da rivojlantirishga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilishiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan, shuningdek, mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson va jamiyat hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va maʼnaviy sogʻlomlikning asosi ekanini targʻib qilish, iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida sidqidildan mehnat qilayotgan, respublikada jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlashda jonbozlik koʻrsatayotgan tajribali, yetuk jismoniy tarbiya va sport sohasi vakillari taqdirlanadilar.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati