Besh tashabbus amalda
Jumladan, bugungi kunda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi saʼy-harakatlari bilan vohadagi taʼmirga muhtoj bir qancha sport obyektlarini mukammal taʼmirlash ishlari boshlab yuborilgan. Ezgu ishlar bardavom boʻladi deganidek, ushbu xayrli ishga yangiariqliklar ham qoʻshildi.
Yangiariq tumani BOʻSM tasarrufidagi sunʼiy qoplamali maydon, tomoshabinlar uchun moʻljallangan tribuna, kiyinish, tibbiyot va boshqa xizmat koʻrsatish xonalari mukammal taʼmirlanadi. Shuningdek, hududda jamoaviy sport turlari uchun bir nechta maydoncha barpo etish rejalashtirilgan.
Taʼmirlash ishlari “Elementar Asr qurilish” MCHJ bunyodkorlari tomonidan amalga oshirilmoqda. Jamiyat rahbari R.Matchanovning bildirishicha, sport obyekti uzogʻi bilan bir yarim oy ichida foydalanishga topshiriladi. Tabiiyki, bu Prezidentimiz tashabbusida taʼkidlanganidek, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga kengroq jalb etish, buning barobarida sport inshootidan unumli va maqsadli foydalanish imkonini yaratadi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati