“Koʼngilli sportchilar” guruhi texnogen falokat oqibatlarini bartarf etishda faol qatnashmoqda

Xabaringiz bor, joriy yilning 1 may kuni Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori toʼgʼonining bir qismi oʼpirilishi natijasida suv omboridan chiqqan suv oqimi aholi yashash punktlariga jiddiy zarar yetkazgan edi.
Ushbu baxtsiz hodisa yetkazgan talofatlar oqibatlarini bartaraf etish yoʼlida Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida Hukumat komissiyasi bilan birgalikda mahalliy aholi va respublikamizning turli mintaqalaridan kelgan koʼngillilar tun-u kun ish olib bormoqda.
Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Koʼngilli sportchilar” guruhi ham ushbu hasharlarda faollik koʼrsatishmoqda.
Bugungi kunda Mirzaobod tumani Tinchlik mahallasida 75 nafar hamda Guliston shahrida joylashgan oziq-ovqat jamlash omborida jami 30 nafar sportchi va trenerlar texnogen falokatdan zarar koʼrgan aholi turar joylarini tiklash va yurtimizni turli hudularidan keltirilgan insonparvarlik maxsulotlarini omborlarga joylashtirib, uning jabrlangan aholi vakillariga yetkazilishida faol mehnat qilishmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matubot xizmati