Insulin dori vositasi sportchilar tomonidan qoʻllanilishi mumkinmi?

Koʻpchilik qandli diabetning I turi uchun qoʻllanilishi mumkin boʻlgan ushbu dori vositasini musobaqalardan oldin hamma sportchilar ham qabul qilishi mumkin emasligini bilmasa kerak.

Insulin – uglevodlar (karbonsuvlar) modda almashuvini muvofiqlashtiruvchi gormon hisoblanadi. U bodibildingda keng tarqalgan boʻlib, ayniqsa anabolik steroidlar bilan birgalikda isteʼmol qilinadi.

Barcha diabetga chalingan sportchilar WADA majburiy roʻyxatidan oʻtganidan soʻng insulindan foydalanish huquqiga ega boʻladi. Qolgan sportchilar uchun bu dori-darmon qatʼiy taqiq ostida, chunki insulin WADA Taqiqlangan roʻyxatiga kiritilgan (metabolizm modulyatorlari sinfiga mansub).

Maʼlumot uchun, doping — organizmning ruhiy va jismoniy faoliyatini qisqa muddat kuchaytiradigan moddalar hisoblanadi. Maʼlumki, sportda doping moddalaridan foydalanish qatʼiyan taʼqiqlanadi. Ammo, bir paytlar doping moddalaridan sport oʻyinlari natijalarini yaxshilash maqsadida foydalanilgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati