#uydaqol #hayotgaqoʻshil #sportchallenge chellenjida faol boʻlgan sportsevarlarga pul mukofotlari topshirildi
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda BMTning Markaziy Osiyodagi Narkotiklar va jinoyatga qarshi kurash boshqarmasi hamkorligida 6-aprel – Taraqqiyot va tinchlik yoʻlida Xalqaro sport kuni munosabati bilan #uydaqol #hayotgaqoʻshil #sportchallenge chellenji tashkil etildi.
10-may kuni ikkinchi fasli ham yakunlagan ushbu chellenjda 20 mingdan ziyod yurtdoshlarimiz sport bilan shugʻullanishga chorlovchi videoroliklar bilan qatnashishdi. Qayd etish joiz, chellenj davomida yurtdoshlarimiz juda faol boʻlishdi.
Ushbu chellenjda faol ishtirok etgan Qashqadaryo viloyati, Koson tumanida yashovchi, sportning pauerlifting turi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Islomova Ismira hamda Xorazm viloyati Xonqa tumanining “Sogʻlom avlod” koʻchasida yashovchi 2-guruh nogironi Sanjar Ollaberganov Jismoniy tarbiya va sport vazirligining tegishli sertifikati va 2 million soʻm miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati