Taekvondo boʻyicha navbatdagi kadetlar va oʻsmirlar oʻrtasidagi JCH mezbonlari eʼlon qilindi

Joriy yilning 12-may kuni Butunjahon taekvondo Federatsiyasining Ijroqoʻm yigʻilishi onlayn tarzda boʻlib oʻtdi. Unda keyingi va undan keyingi yillarda boʻlib oʻtadigan musobaqalarning mezbonlari eʼlon qilindi.
- 2021 Kadetlar oʻrtasidagi Jahon chempionati: Sofiya, Bolgariya.
- 2022 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionati va oʻsmirlar oʻrtasidagi Olimpiya oʻyinlariga saralash musobaqasi: Dakar, Senegal.
- 2022 Pumse boʻyicha Jahon chempionati: Koyan, Koreya.
- 2022 Taekvondo boʻyicha Jahon Gran Prisi: Manchester va Singapur
Ijroqoʻm elektron ovoz berish yoʻli bilan WT reytingi ustavi tasdiqlandi. Unga koʻra taekvondo boʻyicha Jahon chempionati, WT Gran-pri finali va WT Gran-pri seriyalarining har biri 2 darajaga koʻtarildi. Jahon chempionatlari reytingi 12dan 14ga; WT Gran-pri finali reytingi 8dan 10ga; WT Gran-pri seriyalari reytingi esa 4dan 6ga koʻtarildi.
Navbatdagi Ijroqoʻm yigʻilishi 12-oktyabr kuni Sofiyada, oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionati doirasida, boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Manba: https://t.me/uzbtaekwondowt
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati