#uydaqol! #hayotgaqoʻshil! #sportchallenge: Soʻnggi gʻolib va sovrindorlar qimmatbaho sovgʻalarini qabul qilib oldi
Qayd etish joiz, karantin davrida yurtdoshlarimiz orasida uy sharoitida jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishni keng targʻib etish maqsadida oʻtkazilgan ushbu aksiya vatandoshlarimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
Chellenjning soʻnggi gʻolib va sovrindorlariga ham qimmatbaho sovgʻalar yetkazib berildi.
Eslatib oʻtamiz, Chellenjning ikkinchi fasli soʻnggi turida 1-oʻrin Toshkent shahar, Mirobod tumanida istiqomat qiluvchi Ahmedbabayevlar oilasiga nasib etgan edi.
2-oʻringa Navoiy viloyati Nurota tumani “Mustaqillik” mahallasida yashovchi Hayitovlar oilasi munosib koʻrildi.
3-oʻrinni esa Toshkent viloyati Qibray tumanida istiqomat qiluvchi Normoʻminovlar oilasi qoʻlga kiritdi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati