Oʻzbek futbolining afsonaviy darvozabonlaridan biri – Pavel Bugalo

Pavel Bugalo Viktorovich 1974-yili Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida tavallud topgan. Bugalo 1989-yildan 1990-yilga qadar Toshkentning “Paxtakor” jamoasida oʻynagan. 1991 Bugalo futboldagi professional faoliyatini boshlagan. Shu yili u Chirchiqning “Chirchiq” klubi bilan ilk shartnomasini imzolagan.

1992-yilda “Paxtakor” bilan shartnoma imzolagan va 1999-yilga qadar “sherlar” tarkibida faoliyat olib borgan. U “Paxtakor” tarkibida 172 uchrashuvda maydonga tushgan. 2000-yilda Rossiyaning “Alaniya” klubiga koʻchib oʻtgan. Pavel “Alaniya” tarkibida 10 ta uchrashuvda maydonga tushgan. 2001-yili Qozogʻistonning “Jenis” klubiga transfer qilingan.

Pavel 2004-yilga qadar u “Jenis” jamoasi sharafini himoya qilgan. Bugalo 2005-yilda “Jetisu” 2006-yilda “Ordabasi” klublarida faoliyat olib borgan. 2007-yilda u Oʻzbekistonga qaytib kelgan va Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Pavel Bugalo 2009-yilga qadar “qaldirgʻochlar” safida 51 uchrashuv oʻtkazgan. 2010-yili Andijonning “Andijon” klubiga koʻchib oʻtgan. “Andijon” klubida u 5 uchrashuv oʻtkazgan. 2011-yili poytaxtning “Lokomotiv” jamoasi bilan shartnoma imzolagan va 2013-yilga qadar ushbu klub sharafini himoya qilgan. 2014-yili u yana “Bunyodkor”ga qaytib borgan va 2017-yilga qadar “qaldirgʻochlar” safida futbolchilik faoliyatini davom ettirgan.

Shu tariqa, Pavel Bugalo 2017-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Bugalo 1995-yildan 2007-yilga qadar Oʻzbekiston milliy terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Bu vaqt mobaynida u terma jamoa libosida 40 uchrashuvda maydonga tushgan.

Ayni damda Pavel Bugalo Olmaliqning AGMK jamoasida darvozabonlar murabbiyi boʻlib ishlamoqda.

Jamoaviy yutuqlari:

1992, 1998-yillarda “Paxtakor” jamoasi bilan Oʻzbekiston chempioni nomiga sazovor boʻlgan.
1993 va 1997-yilda “Paxtakor” jamoasi bilan Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritgan.
1993-yili “Paxtakor” va 2007-yili “Bunyodkor” jamoasi bilan Oʻzbekiston chempionatida kumush medal sohibi boʻlgan.
1996-yili “Paxtakor” va 2007-yili “Quruvchi” (hozirgi “Bunyodkor”) jamoasida Oʻzbekiston kubogida kumush medalini qoʻlga kiritgan.
2002-yili “Jenis” klubi bilan Qozogʻiston kubogini qoʻlga kiritgan.
2008-yilda “Bunyodkor” klubi bilan Oliy liga chempioni boʻlgan. Shu yilning oʻzida Oʻzbekiston kubogini ham qoʻlga kiritgan.

Shaxsiy yutuqlari:

1996 va 1997-yilda Oʻzbekistonning eng yaxshi futbolchisi, deya eʼtirof etilgan.

Manba: https://t.me/TashkentRegFootballAssociation

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati