Jasur Yaxshiboyev dubl qayd etib, jamoasining gʻalabasini taʼminladi
Tarkibida ikki nafar oʻzbekistonlik futbolchilar harakat qilayotgan “Energetik-BGU” jamoasi bu turda ham safarda oʻyin oʻtkazdi.
Hozirgina yakuniga yetgan bahsda “Energetik-BGU” “Slusk” jamoasi maydonida ajoyib gʻalabani qoʻlga kiritdi. Mehmonlar oʻyin avvalidanoq raqiblariga hujumkor futbol taklif etishdi va 30 daqiqa ichida ikki marta raqib darvozasini ishgʻol etishdi. Eʼtiborlisi har ikkala gol hamyurtimiz Jasur Yaxshiboyev tomonidan penaltidan raqib darvozasiga yoʻllandi.
Mezbonlar taym oxirlarida oʻzlariga kelishdi va 41-daqiqada Muhammad Bala “Energetik-BGU” darvozasini ishgʻol etgan holda hisobni qisqartirdi.
Uchrashuvning ikkinchi taymi juda murosasiz kurashlar ostida kechdi. 71-daqiqada, hatto, “Energetik-BGU” futbolchisi Musaxanyan ikkinchi sariq kartochka bilan maydondan chetlatildi. Bir kishi kam boʻlib qolganiga qaramay mehmonlar gʻalabani saqlab qola olishdi.
Shu tariqa, “Energetik-BGU” jamoasi turnir jadvalida ikkinchi oʻringa koʻtarilib oldi.
Belorus chempionati, 8-tur.
“Slusk” – “Energetik-BGU” 1:2 (1:2, 0:0).
Gollar: Yaxshiboyev (17-pen, 29-pen). – Muhammad (41).
“Slusk”: Pankratov, Trubilo, Obrazov, Chebotayev, Krivulkin, Koanda, Takulov, Kozlov, Muhammad Bala, Salu, Sirima (Serdyuk, 70).
“Energetik-BGU”: Lesko, Yudchis, Sokol, Shkurdyuk, Mavatu, Miroshnikov, Nosko, Yaxshiboyev, Umarov (Bakich, 46), Tve, Musaxanyan.
Ogohlantirishlar: Musaxanyan (26), Trubilo (28), Tve (42), Yaxshiboyev (77), Lesko (90).
Chetlatish: Musaxanyan (71)
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati